2025-yil 30-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti vakillari Namangan viloyatida joylashgan “O'zChasys” MCHJ qo'shma korxonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitet vakillari hamda korxona mutaxassis xodimlari texnologik jarayonlar, sifat nazorati va muhandislik yechimlari bo‘yicha fikr almashdilar.

Universitet vakillari korxona xodimlari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining ta’lim yo‘nalishlari, malaka oshirish kurslari, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda xalqaro hamkorlikdagi dasturlar haqida taqdimot o‘tkazdi. Taqdimot davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Ushbu tashrifdan ko'zlangan maqsad universitet va avtomobilsozlik sohasidagi korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kelgusida malakali muhandis kadrlarni birgalikda tayyorlashdan iborat.