Talabalar o‘rtasida amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ishlab chiqarish sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda jarayonlarni bevosita ko‘zdan kechirish, shuningdek, ularning kasbiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida Namangan Davlat Texnologiya Universiteti Qishloq qurilishi yo‘nalishi talabalari uchun “Yorqin kelajak sari” nomli o‘quv-amaliy tashrif tashkil etildi.

Mazkur tashrif orqali talabalarga nafaqat ishlab chiqarishdagi amaliy faoliyat bilan tanishish, balki soha mutaxassislari bilan jonli muloqot qilish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati ham yaratildi.

 

Tashrif davomida amalga oshirilgan ishlar:

  • "O’zChasys" MChJ bosh muhandisi tomonidan korxonaning umumiy faoliyati, yillik rejalar, ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

  • Talabalar korxonadagi ishlab chiqarish liniyalari, zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari va xavfsizlik texnikasi bilan yaqindan tanishdilar.

  • Ishlab chiqarish sohasida joriy qilinayotgan yangi texnologiyalar va zamonaviy muhandislik yondashuvlari haqida mutaxassislar tomonidan amaliy namoyishlar o‘tkazildi.

  • Tashrif davomida talabalar uchun “Ishlab chiqarishda innovatsion yondashuvlar va yosh mutaxassislarning roli” mavzusida qisqa seminar tashkil etildi.

  • Talabalar ishlab chiqarishda yuzaga keladigan muammolar, loyiha boshqaruvi, mehnat intizomi, loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, korxona vakillaridan batafsil javoblar olishdi.

 

 

Tashrif so‘nggida talabalar o‘z fikr va taassurotlarini bildirib, bu kabi amaliy tashriflar ularning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, kelajakdagi kasb tanlovini aniqlashtirish va o‘z sohasiga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdilar.

Talabalar kelgusida quyidagi rejalarni amalga oshirishni maqsad qilib oldilar:

  • Ishlab chiqarish sohasida chuqur bilim olish va zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish;

  • Korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini yanada samarali o‘tash;

  • Bitiruv malakaviy ishlarini amaliyotga yaqin mavzularda tayyorlash;

  • Kichik loyiha yoki startap tashabbuslarini ilgari surish orqali innovatsion g‘oyalarni ilgari surish.