“UzChasys” qo‘shma korxonasida o‘ziga xos kun o‘tdi — xodimlar ishga milliy liboslarda tashrif buyurishdi. Do‘ppilar, adras va beqasamlar korxona muhitiga o‘zgacha ruh bag‘ishladi, milliy qadriyatlarimizning go‘zalligini eslatdi.

 

“Milliy liboslar kuni” — bu nafaqat bayramona kayfiyat, balki milliy merosimizga bo‘lgan hurmat, Vatanga muhabbat va qadriyatlarimizni asrab-avaylash ramzidir.

“UzChasys” jamoasi uchun milliy liboslarda ishlash — qadriyatlarimizga sodiqlik, madaniyatimiz bilan faxrlanish va kasbga bo‘lgan hurmatni ifodalaydi.

Suratlarda va videolavhada siz xodimlarning samimiy, masʼuliyatli va faxr bilan ishlayotganini ko‘rishingiz mumkin.

Uzchasys -  Milliy qadriyatlar bilan kelajak sari!