Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakulteti KOR-AU-24-guruhi talabalari o‘quv-uslubiy boshqarma, Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i M. Muxsiddinov, bosh mutaxassis A. G‘anijonov hamda guruh tyutorlari bilan birgalikda "Uzchasys" O‘zbekiston–Koreya qo‘shma korxonasiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tadbir Institutimiz va "Uzchasys" qo‘shma korxonasi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida "Ochiq eshiklar kuni" sifatida tashkil etildi.
Sayohat davomida yengil avtomobillar uchun yoritgich lampalar ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
Talabalarimizning malakaviy amaliyotini mazkur korxonada tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bu kabi tashriflar talabalarimizning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga mustahkam zamin yaratishga xizmat qiladi.