O‘zChasys MCHJ korxonasida milliy qadriyatlar va urf-odatlarning shakllanishi jarayonlari doimiy ravishda e’tibor markazida bo‘lib, bu yo‘nalishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Korxonada milliy madaniyatni asrab-avaylash, milliy an’analar va qadriyatlarni hayotga tatbiq etish, ularni jamoa hayotida muhim o‘rin egallashi maqsad qilib qo‘yilgan.

Korxona rahbariyati tomonidan milliy qadriyatlar asosida xodimlar o‘rtasida yagona madaniy makon yaratish, urf-odatlarni keng targ‘ib qilish va shu orqali o‘zaro hurmat, hamjihatlik hamda o‘ziga xos jamoaviy ruhni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy bayramlar, an’anaviy marosimlar va urf-odatlar doimiy ravishda tashkil etilib, ularda barcha xodimlarning faol ishtiroki ta’minlanmoqda.

Shuningdek, korxona doirasida milliy liboslar kiyish, milliy taomlar taqdim etish kabi tadbirlar yo‘lga qo‘yilib, bu esa xodimlarda milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirib, ularni kundalik hayotga singdirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bunday faoliyat korxonada ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, madaniy merosimizni saqlash va yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yig‘ilishlarda milliy qadriyatlarni rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar muhokama qilinib, amalga oshirish uchun aniq chora-tadbirlar belgilandi. Shu jumladan, milliy madaniyatni targ‘ib etish, urf-odatlarni asrab-avaylash va keng jamoatchilik orasida milliy qadriyatlarni shakllantirish bo‘yicha doimiy ishlarni olib borish zaruriyati ta’kidlandi.