Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonuni bilan tasdiqlangan. 2023 yil 18-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 32-yilligi munosabati bilan "O`zChasys" MChJ da "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida yig'ilganlarning barchasi O'zbekiston Davlat madhiyasini jo'r bo'lib kuylashdi. Shundan so’ng bayram tadbirini korxonaning bosh direktori B.K.Abduraxmonov ochib berdi va barcha ishchi-xodimlarni davlat ramzi – Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tabrikladi.
Tadbir davomida Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har narsadan ustunligini anglatib, eslatib turishini har birimiz, ayniqsa, yosh avlod yodda tutishi maqsadga muvofiqligini, Davlat bayrog’i mamlakatning jahon hamjamiyatidagi o’rni va ahamiyatini ko’rsatishda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.