Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarni o‘z kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurroq ma’lumotlar bilan tanishtirish, ishlab chiqarish muhitini yaqindan anglashlariga ko‘maklashish hamda ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatini to‘g‘ri tanlashiga yordam berishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida korxona mutasaddilari tomonidan “O‘zChasys” MChJning tashkil topishi, bugungi kundagi faoliyati, ishlab chiqarish quvvatlari hamda korxonada qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologik jarayonlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonining bosqichlari, texnologik mashina va jihozlardan samarali foydalanish, mahsulot sifati nazorati hamda mehnat xavfsizligi qoidalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Bu esa talabalarga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bundan tashqari, uchrashuvda talabalarning korxonada kelgusida amaliyot o‘tash imkoniyatlari, amaliyot jarayonining tashkil etilishi, talabalar uchun yaratiladigan sharoitlar hamda iqtidorli va faol yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan ham atroflicha suhbat olib borildi. Korxona vakillari tomonidan amaliyot davomida talabalar real ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishlari, o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llashlari hamda tajribali mutaxassislar bilan ishlash orqali kasbiy mahoratlarini oshirishlari mumkinligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar va korxona mutasaddilari tomonidan berilgan batafsil javoblar orqali ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ularga kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish uchun doimiy ravishda bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish hamda amaliy tajribaga alohida e’tibor qaratish zarurligi haqida muhim tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv talabalar uchun nafaqat nazariy bilimlarini boyitish, balki real ishlab chiqarish muhiti bilan tanishish, kelajakdagi kasbiy faoliyatini aniq rejalashtirish hamda o‘z yo‘nalishida yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishlari uchun muhim ahamiyat kasb etdi.