Тил – давлат тимсоли, мулки,
руҳи, миллатнинг маданий ва
маънавий бойлиги, халқнинг
маданияти, урф-одати, унинг
турмуш тарзи, тарихидир.

Тил – давлат тимсоли, мулки, руҳи, миллатнинг маданий ва маънавий бойлиги, халқнинг маданияти, урф-одати, унинг турмуш тарзи, тарихидир.

1989 йилнинг 21 октябрь куни Ватанимизда давлат тилининг ҳуқуқий асосларини белгилаш бўйича “Давлат тили тўғрисида”ги Қонун қабул қилиниб, унга кўра Ўзбек тилига - Давлат тили мақоми берилган.

Шу муносабат билан, жорий йилнинг 18 октябр куни “ЎзЧасис” МЧЖ қўшма корхонасида Наманган Давлат Университети ходими иштирокида “Қадринг баланд бўлсин, она тилим!” мавзусида давра суҳбати ўтказилди. Тадбирда Наманган Давлат Университети филология кафедраси доценти Усмонов Мусурмон Маъмурали ўғли иштирок этди.

Давра суҳбатида ўзбек тилининг ҳуқуқий мақомини белгилашда енгиб ўтилган қийинчиликлардан тортиб ҳозирги кунда тилимизнинг бой имкониятларидан кенг фойдаланиш учун яратилган шарт – шароитлар ҳамда давлат тилини янги поғонага олиб чиқиш борасида қилинаётган саъй-ҳаракатлар алоҳида эътироф этилди.

Тилимизни эъзозлаш, унинг давлат тили сифатидаги мақоми, жамиятдаги мавқеини юксалтириш, ёш авлодни она тилига ҳурмат руҳида тарбиялаш ҳамиша долзарб маънавий бурчимиз бўлиб қолишига эътибор қаратилди.

Ўзбек тилининг халқаро миқёсдаги обрў-эътиборини юксалтириш учун уни миллий ва умумбашарий тушунчалар асосида тараққий этган тиллар сафига киритишда ўз ҳиссамизни қўшишимиз зарурлиги ҳамда ҳар биримиздан тилимизга чуқур ҳурмат билан ёндашишимиз лозимлигини таъкидлаб ўтилди.

Корхона ходимлари томонидан берилган ўзини қизиқтирган саволларга Наманган Давлат Университети филология кафедраси доценти Усмонов Мусурмон Маъмурали ўғли томонидан жавоб берилди.


2022 yil 26 may

Сайёр қабул – халқ билан фаол ва очиқ мулоқот Ҳозирда, инсон манфаатларини таъминлаш учун аввало, одамлар билан, халқ билан мулоқот қилиш, уларнинг дарду ташвишлари, орзу-ниятлари, ҳаётий муаммо ва эҳтиёжларини яхши билиш кераклигига алоҳида урғу берилмоқда.

Жисмоний ва юридик шахслар вакилларининг қабулларини давлат органлари ва хўжалик бошқаруви органларининг мансабдор шахслари иштирокида ташкил этиш, раҳбар ходимларни халқ билан мулоқотга киришлари учун асос яратиш мақсадида жойларда сайёр қабуллар ташкил этилмоқда.

Шу сабабли “Ўзавтосаноат” АЖ бошқарув раиси ўринбосари Ф.Тўраев томонидан Наманган шаҳридаги Ўзбекистон – Корея “УзЧасис” МЧЖ қўшма корхонасида 2022 йил 26 - май куни соат 16:00 Сайёр қабул бўлиб ўтади мазкур қабулга барчани таклиф этамиз.


2019 yil 01 may

E’lon !

Sizni 2019-yil 15-may kuni soat 15:00da “UzChasys” MCHJ qo’shma korxonasi tomonidan tashkillashtirilgan chet eldan sotib olinadigan butlovchi qismlarni mahalliylashtirish tadbirida qatnashishga taklif etamiz.

Hamkorlik yuzasidan takliflaringizni info@uzchasys.uz elektron manziliga jo'natishingizni so'raymiz.

Ma’lumotlar uchun tel

+998 95 300 45 20

+998 91 342 90 03


2018 yil 20 iyun

Lokalizatsiya–2018

2018-yil 20-iyun kuni «UzChasys» O’zbekiston–Koreya qo’shma korxonasida « Lokalizatsiya–2018» ko’rgazmasi tashkil `etildi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ishlab chiqarish va sanoatda import ulushini qisqartirish, valyuta iqtisodi hamda tan narxni pasaytirish evaziga korxonalar iqtisodiy ahvolini yahshilash bo’yicha qaror va farmonlari ijrosi doirasida tashkil etildi.

Ko’rgazmaga respublika miqyosida ishlab chiqaruvchi korxonalar, tadbirkorlar tashrif buyurdilar. Korxona tomonidan 86 turdagi mahalliylashtirish ko’zda tutilgan ehtiyot va butlovchi qismlar, hom–ashyo mahsulotlari namoyish etildi.

Ishlab chiqaruvchilar o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib tegishli ehtiyot va butlovchi qismlar, hom–ashyo materiallar turlarini mahalliylashtirish bo’yicha kelishuvlarga erishdilar.

Korxona ma’muriyati barcha tadbirkorlar bilan import mahsulotlarini mahalliylashtirish tartibi, mahsulot sifati hamda dunyo bozorlaridagi raqobatbardoshligini saqlagan holda xalqaro standartlarga mos ravishda ishlashdan manfaatdorligini bildirdi.

Ko’rgazma ochiq muloqotlar va baxs–munozaralarga boy holatda tashkil etilgani bilan qulay bo’ldi.


Коmplаеns

Коmplаеns – bu nima?

Аgar Compliance soʼzining etimologiyasiga murojaat qilsak, ingliz tilida u “muvofiqlik”, “rioya” maʼnosini anglatishini koʼramiz. Bizning istilohda esa, Compliance – bu mamlakat qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek kompaniyaning oʼzi qabul qilgan ichki siyosatlar, taomillarga rioya etilmasligi tufayli yuzaga keladigan xatarlar nazorati va boshqaruvini anglatadi. Birinchi navbatda komplaens-dastur – bu har qanday kompaniya oʼz amaliy faoliyati davomida muntazam duch keladigan xatarlarni baholashga asoslangan, puxta ishlab chiqilgan keng qamrovli hujjat sanaladi. Xatarlar ham ichki (biznes-jarayonlardan kelib chiquvchi), ham tashqi (tartibotlarga bogʼliq) boʼladi.

Kompaniya komplaensi turfa xil boʼladi, lekin hozirgi paytda davlat va xususiy sektorda korruptsiyaga qarshi, bank va sanktsiyaviy komplaenslar keng tarqalgan.

“Oʼzavtosanoat”da komplaens sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabarlarni qabul qilish tezkor liniyasi:
+99871 140-76-70
va compliance@uzavtosanoat.uz elektron pochta qutisi ishlab turibdi, ular orqali istalgan shaxs yordam soʼrab yoki tarmoqdagi gʼayriqonuniy holatlar haqida maʼlum qilishlari mumkin. Oʼz navbatida, “Oʼzavtosanoat” komplaens xizmati xabarlarning maxfiy qolishini taʼminlaydi.

Bundan tashqarish, mijozlar, kontragentlar va tovar/xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan ishlashni tartibga solish boʼyicha samarali ishlar yoʼlga qoʼyilgan, buning natijasi oʼlaroq, kompaniyaning iqtisodiy xavfsizligi va moliyaviy xatarlar kamayishiga erishildi.

Umuman olganda, “Oʼzavtosanoat” komplaens-dasturi 10 ta asosiy elementdan iborat. Misol tariqasida ularning asosiylarini :

1. Kompaniya Rahbariyatining komplaens-dasturga rioya etishga sodiqligi (High level commitment) – kompaniya top-menejmenti boshqa xodimlarga namuna boʼlishi va komplaens-dastur talablariga rioya etilishi yuzsidan javobgarlikni oʼz zimmasiga olishi.
2. Siyosatlar va taomillar. (Policies & Procedures) – kompaniya tomonidan qabul qilingan, tartibga soluvchi hujjatlarning biznes yuritishda axloq meʼyorlari qoʼllanilishini taʼminlashga, shuningdek kompaniya biznes-profiliga komplaens-xatarlar taʼsirini kamaytirishga qaratilishi.
3. Komplaens-funktsiyaning muxtorligi va uning resurslar bilan yetarlicha taʼminlanganligi. Korporativ komplaens-dastur amal qilayotgan har qanday kompaniyada uning samaradorligi komplaens funktsiyasi qanchalik muxtorligiga, u kimga hisobdorligiga, shuningdek oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qanday resurslarga ega ekanligiga bogʼliq boʼladi.