«UzChasys» MCHJ QK integratsiyalashgan boshqaruv tizimi siyosati


 

Bizning maqsadimiz

Biz xavfsiz avtomobillarni yaratishga yordam beramiz va sotilgan har bir mahsulot uchun javobgarmiz. Biz yuqori sifatli, ishonchli va xavfsiz mahsulotlar bilan ta'minlash, yangi mahsulotlarni ishlab chiqish, yangi texnologiyalarni o'zlashtirish, barcha jarayonlarning samaradorligini oshirish, barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish, kelgusi avlodlar uchun qulay muhitni yaratish, xodimlar, kasaba uyushmalari, dilerlar va etkazib beruvchilar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish orqali haridorlarni qondirish uchun ishlaymiz

Bizning vazifamiz

Barcha g'ildirakli avtomobillarning tashqi va ichki yoritish tizimlarini ishlab chiqaruvchilari o'rtasida yuqoriroq darajaga erishishga intilamiz. Biz atrof-muhitga zarar etkazmaydigan raqobatbardosh qismlarni quyidagi yullar orqali ishlab chiqarishni maqsad qilmoqdamiz:

- mahalliylashtirish darajasini oshirish;

- yangi mahsulotlar, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga va ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga investitsiyalar hajmini oshirish;

- mahsulotning tannarhini pasaytirish;

- tashkiliy tuzilmani optimallashtirish va yangi ish joylarini yaratish;

- atrof muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish;

- tabiiy resurslardan va energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

- favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shikast etkazish va odamlarning sog'lig'ini saqlashga qaratilgan choralar ko'rish.

Bizning qadriyatlarimiz

- odamlarning qadr-qiymati;

- haridorga yo’nalishi;

- xavfsizlik;

- hamkorlik;

- samaradorlik. Korxonaning manfaatdor tomonlarga, shu jumladan davlatga, haridorlarga, etkazib beruvchilarga, hamkorlarga, mulkdorlarga va xodimlarga nisbatan mas'uliyatini to'la anglab korxona rahbariyati quyidagi majburiyatlarni oladi:

- haridorlarga yo'naltirilgan bo'lib, ularning talablariga javob beradigan va kutilgan natijalardan yuqori bo'lishga, mavjud bo'lgan bozorlarni saqlab qolishga va yangi mahsulot bozorlarini rivojlantirishga, haridorlar talablari va afzalliklariga asoslanib mahsulot sifatini oshirishga;

- korxona va haridorlarning mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishni ta'minlash;

- ishlab chiqarish faoliyatining natijalariga ko'ra odamlarning hayoti va sog'lig'iga ustuvor ahamiyat berish;

- tabiiy resurslardan foydalanilganda korxona va jamiyat manfaatlari muvozanatini saqlash;

- korxonaning mahsulot sifati, jarayoni va faoliyati, shu jumladan salomatlik va xavfsizlik sohasida, ekologik xavfsizlik va energiya samaradorligi sohasida qonunchilik, me'yoriy va boshqa qo'llanadigan va qabul qilingan talablarga rioya qilish;

- etkazib beruvchilar bilan o'zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish, shartnoma majburiyatlarini bajarish;

- mavjud bo'lgan uskunalarni yaxshilash va yangi texnologiyalarni joriy qilish, jihozlarni almashtirish va modernizatsiya qilish, shart-sharoitlarni yaxshilash va ish xavfsizligini yaxshilash, atrof-muhitni ifloslantirilishining oldini olishni ta'minlaydigan zamonaviy resurslarni tejaydigan va kam chiqindi texnologiyalardan foydalanish;

- korxonaning energiya xavfsizligi va energiya samaradorligini ta'minlash, energiyani tejaydigan mahsulotlar va xizmatlarni xarid qilishni qo'llab-quvvatlash;

- sifat, ekologiya, salomatlik va xavfsizlik sohasidagi faoliyati to'g'risidagi axborotning oshkoraligi va shaffofligini ta'minlash, barcha manfaatdor tomonlar uchun energiya samaradorligini oshirish;

- ijtimoiy yo'naltirilgan va mas'uliyatli korxona tamoyillarini amalga oshirish;

- sifat, ekologiya, salomatlik va xavfsizlik masalalari, energetik samaradorlik masalalarini hal qilishda xodimlarning faol ishtirok etishiga sharoit yaratish; o'zlariga, atrofidagilarga va atrof-muhitga zarar etkazmasdan ishni bajarish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarini oshirishga ko'maklashish;

- risklarni boshqarish yondashuvini hisobga olgan holda korporativ boshqaruv tizimining ishlashi va takomillashishini ta'minlash;

- korporativ javobgarlik siyosatini amalga oshirish;

- erishilgan natijalarni aniqlash va ushbu siyosatda bayon etilgan tamoyillarga rioya qilishni ta'minlash uchun tegishli ishlarni muvofiq tahlil va baholashni amalga oshirish;

- ishlab chiqarishda qo'shimcha qiymat yaratish, jarayonlarning samaradorligi va samaradorligini oshirish;

- muvaffaqiyatli faoliyat uchun kerakli resurslar va tegishli shart-sharoitlarni ta'minlash;

- korxona boshqaruv tizimini rivojlantirish va doimiy ravishda takomillashtirish.

Ushbu siyosat korxonaning barcha tarkibiy bo'limlariga tegishli bo'lib, "UzChacis" MChJ QK xodimlarining va korxonaning nomidan ishlayotgan va jamoat va boshqa manfaatdor shaxslar uchun taqdim etiladigan shaxslarning e'tiboriga etkaziladi.

Korxonaning rahbariyati ushbu siyosatni amalga oshirish, uni amalda bajarish, korxonaning barcha xodimlarining siyosatini tushunish va qo'llab-quvvatlash uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oladi.

Bizning sertifikatlarimiz

IATF 16949-1 ISO 14001 ISO 50001 OHSAS 18001