Yangiliklar

2018 yil 20 iyun

Lokalizatsiya–2018

2018-yil 20-iyun kuni «UzChasys» O’zbekiston–Koreya qo’shma korxonasida « Lokalizatsiya–2018» ko’rgazmasi tashkil `etildi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ishlab chiqarish va sanoatda import ulushini qisqartirish, valyuta iqtisodi hamda tan narxni pasaytirish evaziga korxonalar iqtisodiy ahvolini yahshilash bo’yicha qaror va farmonlari ijrosi doirasida tashkil etildi.

Ko’rgazmaga respublika miqyosida ishlab chiqaruvchi korxonalar, tadbirkorlar tashrif buyurdilar. Korxona tomonidan 86 turdagi mahalliylashtirish ko’zda tutilgan ehtiyot va butlovchi qismlar, hom–ashyo mahsulotlari namoyish etildi.

Ishlab chiqaruvchilar o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib tegishli ehtiyot va butlovchi qismlar, hom–ashyo materiallar turlarini mahalliylashtirish bo’yicha kelishuvlarga erishdilar.

Korxona ma’muriyati barcha tadbirkorlar bilan import mahsulotlarini mahalliylashtirish tartibi, mahsulot sifati hamda dunyo bozorlaridagi raqobatbardoshligini saqlagan holda xalqaro standartlarga mos ravishda ishlashdan manfaatdorligini bildirdi.

Ko’rgazma ochiq muloqotlar va baxs–munozaralarga boy holatda tashkil etilgani bilan qulay bo’ldi.

2018 yil 14 iyun

E'lon!

Sizni "UzChasys" MChJ qo'shma korxonasiga import qilinayotgan butlovchi qismlarni mahalliylashtirish maqsadida 20-iyun kuni soat 17:00da tashkil etilayotgan ko'rgazmaga tashrif buyurib hamkorlik yuzasidan takliflaringiz bilan ishtirok etishingizni so'raymiz!

Ma'lumot uchun telefonlar: 0 595 300 45 20, 0 594 504 30 29

2018 yil 25 may

“Gullar bayrami”

Namangan viloyati xokimining 2018-yil 30-yanvardagi 63-sonli qaroriga asosan joriy yilning 27-may kuni Namangan shahrida “Gullar bayrami” bo’lib o’tdi. Ushbu tantanali tadbirda “O’zChasys” qo’shma korxonasi ham faol qatnashib tadbir ishtirokchilarining olqishlariga sazovor bo’ldi. Tadbirga “O’zChasys” korxonasi o’ziga tegishli bo’lgan ISUZU yuk avtomobilini gullar bilan bezatib tadbirda qatnashish uchun taqdim qildi. Bayram juda yuqori kayfiyatda o’tkazildi.

 

2018 yil 25 aprel

Lavha

Korxonamizda “Tabiiy hususiyatli favqulodda vaziyatlarda zilzila va zilziladan keying ikkilamchi faktorlar oqibatida sodir bo’lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda jamiyat, raxbariyat tarkibi, fuqaro muhofazasi tuzulmalarining aloqador xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakati” mavzusida 2018-yil 25-aprel kuni bo’lib o’tgan mahsus-taktik o’quv mashg’ulotlaridan lavha.