2019 yil 01 may

E’lon !

Sizni 2019-yil 15-may kuni soat 15:00da “UzChasys” MCHJ qo’shma korxonasi tomonidan tashkillashtirilgan chet eldan sotib olinadigan butlovchi qismlarni mahalliylashtirish tadbirida qatnashishga taklif etamiz.

Hamkorlik yuzasidan takliflaringizni info@uzchasys.uz elektron manziliga jo'natishingizni so'raymiz.

Ma’lumotlar uchun tel

+998 95 300 45 20

+998 91 342 90 03


2018 yil 20 iyun

Lokalizatsiya–2018

2018-yil 20-iyun kuni «UzChasys» O’zbekiston–Koreya qo’shma korxonasida « Lokalizatsiya–2018» ko’rgazmasi tashkil `etildi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ishlab chiqarish va sanoatda import ulushini qisqartirish, valyuta iqtisodi hamda tan narxni pasaytirish evaziga korxonalar iqtisodiy ahvolini yahshilash bo’yicha qaror va farmonlari ijrosi doirasida tashkil etildi.

Ko’rgazmaga respublika miqyosida ishlab chiqaruvchi korxonalar, tadbirkorlar tashrif buyurdilar. Korxona tomonidan 86 turdagi mahalliylashtirish ko’zda tutilgan ehtiyot va butlovchi qismlar, hom–ashyo mahsulotlari namoyish etildi.

Ishlab chiqaruvchilar o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib tegishli ehtiyot va butlovchi qismlar, hom–ashyo materiallar turlarini mahalliylashtirish bo’yicha kelishuvlarga erishdilar.

Korxona ma’muriyati barcha tadbirkorlar bilan import mahsulotlarini mahalliylashtirish tartibi, mahsulot sifati hamda dunyo bozorlaridagi raqobatbardoshligini saqlagan holda xalqaro standartlarga mos ravishda ishlashdan manfaatdorligini bildirdi.

Ko’rgazma ochiq muloqotlar va baxs–munozaralarga boy holatda tashkil etilgani bilan qulay bo’ldi.